Fadil - Trixologiya markazi
Sochlaringizni haqiqiy
professionallarga ishoning
Biz haqimizda

Men dr. Farrux Umurov, "Fadil-Trixologiya markazi" ning bosh shifokoriman. Men va "Fadil- Trixologiya markazi" mutaxassislari bemorlar va mehmonlarga soch ko'chirib o’tqazish usullari, texnologiyalari, va barcha bosqichlari haqida foydali ma'lumot berishni o'z burchimiz deb bilamiz.

"Fadil- Trixologiya markazi" klinikasining asosiy yo’nalishi, jarrohlik usulidagi (mikroxirurgiya) soch transplantatsiyasi hisoblanadi. Undan tashqari barcha turdagi soch va tuk muammolari bilan ham shug’ullanamiz. Soch transplantatsiyasi zargarlik kabi, hatto undan ham nozik ish hisoblanadi va masuliyatli yondashuvni talab qiladi. Bizning mutaxassislarimiz transplantatsiya jarayonining har bir bosqichida mas'uliyat va professional yondashuvi bilan ajralib turadi, bu albatta bemorlarimiz uchun yuqori sifatli natija demakdir.

Bizning markazimiz qadimiy va navqiron Buxoro shahrida (O'zbekiston) joylashgan bo'lib, u ochiq osmon ostidagi shahar-muzey deb ataladi.

Nega bizni tanlashadi?
Kafolatli natija
Biz ko'chirib o'tqazgan sosh tolalari bir umrlik kafolatga ega! Ko’chirilgan soshlar 6-oydan natija berishni boshlaydi va 12-16 oy ishida 96-98% ga o’sib tabiiy go’zallik qayta tiklanadi.
Mutlaq xavfsizlik
Bemor avval xavfli yuqumli kasalliklarga tekshiriladi va so’ng amaliyot tavsiya etiladi. Yuqori malakali mutaxassislar va eng oxirgi ilg'or texnologiyalar bemorlar uchun amaliyot jarayonini mutlaq xavfsiz va yuqori natijali bo’lishini ta’minlaydi.
Qulay joylashuv
"Fadil-Trixologiya markazi" Buxoro shahri markazida joylashgan bo'lib, u har bir insonga, shu jumladan shaharimiz mehmonlariga markazimizga tashrif buyurish imkonini beradi. Bizga qabulga yozilib, qisqa vaqtda to'liq ma’lumot olishingiz va shu yerning o’zida amaliyot o’tishingiz mumkin.
Zamonaviy transplantatsiya usullari
Bizning klinikamizda FUE (Follicular Unit Extraction) usulida uzluksiz soch transplantatsiyasi amalga oshiriladi va bu dunyoning eng ilg’or klinikalarida qo’llaniladigan yuqori natijali usul hisoblanadi.
Yuqori sifat va hamyonbop narxlar
Biz doimo yuqori sifat va eng yaxshi narxni taklif qilamiz.
Natijalar
Lokatsiya